Dastur haqida
Dastur raqamli iqtisodiyot va biznes sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar korxonalar biznes jarayonlariga axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini strategik rejalashtirish va integratsiya qilish, IT-tizimlar bozorini o'rganish va tahlil qilish, elektron biznes yaratish va yuritish bilan shug'ullanadilar. Ular katta ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish va qayta ishlash, biznes-analitika, IT-bozor monitoringi, IT-loyihalarni boshqarish, shuningdek, korxonada biznes-jarayonlarni prognoz qilish va optimallashtirishni o'zlashtiradilar.










