Dastur haqida
Dastur axborot texnologiyalari sohasida fundamental bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun mo'ljallangan bo'lib, sun'iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va qo'llashga alohida e'tibor qaratilgan. O'qitish sun'iy intellekt nazariyalari va usullarini, mashinaviy o'rganishni, intellektual tizimlarni, katta ma'lumotlarni qayta ishlashni, neyron tarmoqlarni, shuningdek, zamonaviy dasturiy vositalar va platformalarni o'rganishni o'z ichiga oladi.









