Dastur haqida
Bugungi kunda turizm mutaxassisi — bu his-tuyg‘ular va taassurotlar yaratuvchisi, biznes, marketing, raqamlashtirish va ko‘p tillilik bo‘yicha bilimga ega mutaxassisdir.
Bu yerda siz nafaqat xalqaro turizm va mehmonxona sanoati bo‘yicha noyob amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz va boshqaruv ko‘nikmalarini egallaysiz, balki yangi do‘stlar orttirasiz hamda original yo‘nalishlar va eksklyuziv loyihalar yaratishni o‘rganasiz.
Siz hech qachon zerikmaysiz, chunki turizm — bu hayajonli, ijodiy faoliyat!
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
- Mehmonxona menejeri (butun mehmonxona/mehmonxona jamoasining faoliyatini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini kuzatadi, xodimlarni o‘qitadi va boshqaradi).
- Turizm marketologi (turizm mahsuloti uchun maqsadli auditoriyani tahlil qiladi, noyob savdo taklifini yaratadi, ilgari surish strategiyasini ishlab chiqadi, onlayn va oflayn marketing kanallari orqali yangi mijozlarni jalb qiladi va mavjudlarini saqlab qoladi).
- Travel manager (freelance ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan mutaxassis bo‘lib, xizmat safarlari va korporativ sayohatlarga oid barcha jarayonlarni tashkil etadi, maslahat beradi va nazorat qiladi, shuningdek, byudjetlash va xarajatlarni optimallashtirish bilan shug‘ullanadi).