Dastur haqida
Dastur ta’minot zanjirlarini boshqarish va logistika sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Zamonaviy logistika tashkilotning barcha biznes jarayonlarini yagona tizimga birlashtiradigan va kompaniyalarga raqobat kurashida ustunlik beradigan kam sonli amaliy mutaxassisliklardan biridir. Dastur bitiruvchilari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish jarayonlarini samarali rejalashtirish, ma’lumotlar oqimlarini boshqarish, resurslar harakatini nazorat qilish hamda biznes infratuzilmasini boshqarish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.











