Dastur haqida
Dastur talabalarni marketing bo‘yicha mutaxassis lavozimida professional faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Bu mutaxassis operativ marketing rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, rejalashtirish hamda amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Marketing dasturlarini tahlil qilish, rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha puxta bilim va ko‘nikmalar bitiruvchilarga marketing faoliyati dasturlarini hamda iste’molchilar uchun qiymat yaratish va uni yetkazish jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish imkonini beradi.











