Dastur haqida
“Moda industriyasida menejment” bakalavriat ta’lim dasturi mehnat bozori, ta’lim tizimi va moda industriyasining o‘zidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan kompleks maqsadni ko‘zlaydi. Bitiruvchilar o‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy, jadal o‘zgarib borayotgan moda industriyasida biznes jarayonlarini muvaffaqiyatli boshqarish, rivojlantirish va transformatsiya qilish, bunda tahliliy yondashuv, raqamlashtirish, barqaror rivojlanish hamda amaliyotga yo‘naltirilganlikka e’tibor qaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.











