Dastur haqida
Dastur kompaniya faoliyatining bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishi — marketing va savdo bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishlar kompaniyaning eng muhim faoliyat ko‘rsatkichlarini shakllantiradi va uning bozordagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida mashg‘ulotlarni o‘tkazishning zamonaviy shakllari, biznes vaziyatlarini tahlil qilish, guruh muhokamalari, biznes-loyihalarni tayyorlash hamda savdoni tashkil etish bilan bog‘liq axborot texnologiyalariga ustuvor ahamiyat beriladi.











