Dastur haqida
Bakalavriat dasturi videoo‘yinlar, interaktiv xizmatlar va raqamli media mahsulotlarini loyihalash sohasida ko‘p qirrali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim badiiy-tasviriy tayyorgarlikni (rasm, rangtasvir, konsept-art) geymdizayn metodologiyasi, 2D/3D modellashtirish, foydalanuvchi interfeyslarini yaratish, prototiplash va mahsulot menejmenti bilan uyg‘unlashtiradi.












