Dastur haqida
MUHIT DIZAYNI — o‘zi yaratilayotgan insonlarning ehtiyojlari, qiziqishlari va kutilmalariga mos muhit qiyofasini yaratishdir. Muhit dizayni kafedrasining asosiy maqsadi san’at va texnika, tabiat va madaniyatni uyg‘unlashtira oladigan, ijodiy loyihaviy tafakkurga ega keng qamrovli dizayner-mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.












