Dastur haqida
Ta’lim dasturi muloqotga kirishuvchan, ijtimoiy faol, o‘z-o‘zini ta’lim olish, rivojlanish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga intiladigan yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Kasbiy faoliyat sohalari: Ta’lim va fan (ilmiy tadqiqotlar sohasida); Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, o‘smirlar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muhitida antisotsial hodisalarning oldini olish sohasida); Yoshlar siyosati va yoshlarni rivojlantirish sohasi (yoshlar bilan ishlashga doir dasturlar, loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar va bolalar jamoat birlashmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash).









