Dastur haqida
Dasturning maqsadi — falsafa bo‘yicha fundamental tayyorgarlikka ega, global Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalarini egallagan va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bora oladigan mutaxassislarni tayyorlash.
Mazkur ta’lim modeli ishlab chiqilgan asosiy tamoyil — nazariy bilimlarni hamda keng ko‘lamdagi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga doir amaliy ko‘nikmalarni kompleks o‘zlashtirishga asoslangan tayyorgarlikning tizimli xususiyatidir. Bu kompetensiyalar nafaqat «Falsafa» ta’lim yo‘nalishi doirasida belgilangan sohani, balki boshqa gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va kasbiy fanlarni ham qamrab oladi.









