Dastur haqida
"Musiqiy-teatr san’ati" mutaxassisligi musiqiy va teatr fanlarining uyg‘unlashuvidan iborat bo‘lib, musiqiy teatr sohasida ko‘p qirrali ijrochilarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu mutaxassislik talabalarni musiqiy teatrda ijro etish san’atiga o‘rgatadi, bunda vokal, aktyorlik mahorati va raqs elementlari uyg‘unlashtiriladi. Ta’lim vokal, aktyorlik mahorati va sahna harakati bo‘yicha intensiv tayyorgarlikni, shuningdek, musiqa adabiyoti, ssenariy tahlili va ijrochilik amaliyotini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Talabalar aktyorlik plastikasі, vokal ansambl, musiqiy ijrochilik, musiqiy pedagogika, ijrochilik san’ati tarixi va boshqalar kabi fanlarni o‘rganadilar.









