Dastur haqida
Dasturning maqsadi davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Dastur tizimli fikrlashni, tez o‘zgaruvchan muhitda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, turli va tarqoq ma’lumotlar oqimidan muhim o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash hamda tizim xatti-harakatlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni belgilash imkonini beradi. Dastur raqamli iqtisodiyotning ilg‘or texnologiyalari va ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarishda qo‘llash bilan tanishtiradi.











