Dastur haqida
Bu yerda ishlab chiqarishning ko‘plab jihatlarini va nafaqat ularni yaxshilash hamda soddalashtirishga yordam beradigan turli innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz.
Dastur jahon darajasidagi uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarda tajribali mentorlar rahbarligida o‘zingizga xos noyob tadqiqot yo‘nalishingizni tanlash imkonini beradi.
Ta’lim davomida loyihalarni boshqarish, innovatsiyalarni ilgari surishni tashkil etish, ularni tahlil qilish va baholash, shuningdek, texnologiyalar transferi sohasidagi bilimlaringizni kengaytirishingiz mumkin. Shuningdek, turli tanlovlarda ishtirok etib, startapingiz uchun 1 million yutib olishingiz mumkin.











