Dastur haqida
Magistratura dasturi UX/UI dizayniga bag‘ishlangan. Dasturlashni biladigan mutaxassislar ko‘p, biroq foydalanuvchiga yoqadigan mahsulotni qanday yaratishni biladiganlar ancha kam. Raqamli mahsulotning tashqi ko‘rinishi va foydalanish qulayligi uning talabgir bo‘lish-bo‘lmasligini belgilaydi. G‘oyangiz qanchalik yaxshi bo‘lmasin, qulay interfeys bo‘lmasa, u to‘liq amalga oshmaydi. Agar siz odamlar, ularning texnologiyalar bilan o‘zaro ta’siri xususiyatlari, dizayn va umuman olganda, haqiqatan ham jozibali raqamli mahsulot yaratish haqida bilishga tayyor bo‘lsangiz, biz sizni kutamiz.









