Dastur haqida
Magistrantlar sotsiolingvistika, til falsafasi, diskurs tahlili va kommunikatsiya nazariyasi sohasidagi fundamental tushuncha va konsepsiyalarni o‘rganadilar. Til holatlarini to‘g‘ri tahlil qilish, til jarayonlariga ijtimoiy izoh berish, jamiyatdagi til muammolariga nisbatan o‘z tanqidiy pozitsiyasini himoya qilishni o‘rganadilar. Bitiruvchilar sotsiolingvistik tadqiqot usullari va loyiha faoliyati ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Ular mintaqa va mamlakatdagi sotsiolingvistik muammolarni hal eta oladilar.









