Dastur haqida
Yo‘nalish dasturiy injiniring va axborot tizimlarini loyihalash sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. Talabalar dasturiy ta’minotni loyihalash, ma’lumotlar bazalari va axborot omborlari bilan ishlash, interfeyslar, IT-loyihalar hamda axborot xavfsizligini o‘rganadilar. Bitiruvchilar dasturiy yechimlar arxitekturasini loyihalaydi, texnologik platformalarni tanlaydi, dasturiy ta’minot sifatini sinovdan o‘tkazadi, texnik hujjatlarni yuritadi va axborot tizimlariga xizmat ko‘rsatadi.








