Dastur haqida
Qurilish — innovatsion va yuqori texnologiyalarga asoslangan soha bo‘lib, qurilish fani va amaliyotining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar inson tomonidan va inson uchun yaratilgan yashash hamda faoliyat muhitining barcha elementlari hayotiy sikllarini rejalashtirish, loyihalash va intellektual boshqarish uchun mas’uldirlar.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Mazkur dasturni o‘zlashtirgan bitiruvchilar quyidagi sohalarda professional faoliyat yuritishlari mumkin:
- binolar va inshootlarni muhandislik-qidiruv ishlari, loyihalash, qurish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, monitoring qilish, baholash, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
- qurilish obyektlari va shahar hududlarini, shuningdek transport infratuzilmasi obyektlarini muhandislik ta’minoti va jihozlash;
- qurilish-montaj ishlari, binolar va inshootlardan foydalanish hamda ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda mashinalar, uskunalar va texnologiyalardan foydalanish;
- texnik va ekologik xavfsizlik