Dastur haqida
Kasbiy faoliyat sohasi: raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan amaldagi texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda yangi avtomatlashtirilgan va avtomatik texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni yaratishga yo‘naltirilgan vositalar, usullar va faoliyat metodlari majmui; turli funksional maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarga, ularning hayotiy sikliga, ishlab chiqish, tayyorlash, sifatni boshqarish, qo‘llash (iste’mol qilish), tashish va utilizatsiya qilish jarayonlariga doir me’yorlar, qoidalar va talablarni asoslash, ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish; turli maqsadlarga mo‘ljallangan avtomatlashtirish va boshqaruv vositalari hamda tizimlarini ishlab chiqish.








