Dastur haqida
Yo‘nalish bo‘yicha kasbiy faoliyat sohasi fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar yordamida moddalar hamda materiallarni olish usullari, yo‘llari va vositalarini, ular asosida turli maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni; asosiy noorganik moddalar, qurilish materiallari, asosiy va nozik organik sintez mahsulotlari, polimer materiallar, neft, gaz va qattiq yoqilg‘ini qayta ishlash mahsulotlari, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarini yaratish, texnologik ta’minlash, montaj qilish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ishlarida ishtirok etishni qamrab oladi.








