Dastur haqida
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha kasbiy faoliyat sohasi asosiy noorganik moddalar, asosiy va nozik organik sintez mahsulotlari, polimer materiallar, neft, gaz va qattiq yoqilg‘ini qayta ishlash mahsulotlari, mikrobiologik sintez mahsulotlari, dori vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda energiya va resurslarni tejaydigan, ekologik xavfsiz texnologiyalarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish, shuningdek, sanoat va maishiy chiqindilar hamda xomashyo resurslari bilan muomala qilish usullarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.








