Dastur haqida
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohasi pedagogik faoliyatni, shuningdek, raqobatbardosh mashinasozlik mahsulotlarini yaratishga yo‘naltirilgan hamda quyidagilarga asoslangan inson faoliyati vositalari, usullari, yo‘llari va metodlari majmuini o‘z ichiga oluvchi fan va texnika yo‘nalishlarini qamrab oladi: texnologik jarayonlarni loyihalash, matematik, fizik va kompyuter modellashtirishning zamonaviy usullarini qo‘llash; konstruktorlik va texnologik informatika hamda avtomatlashtirilgan loyihalash vositalaridan foydalanish; xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga moslashtirilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.








