Dastur haqida
Qurilish — innovatsion va yuqori texnologiyali soha. Qurilish ilmi va amaliyotining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar insonlar tomonidan va insonlar uchun yaratilgan yashash va faoliyat muhitining barcha elementlarini rejalashtirish, loyihalash hamda ularning hayotiy sikllarini intellektual boshqarish uchun mas’uldir.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Magistratura dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohasi binolar va inshootlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish, monitoring qilish va rekonstruksiya etishni; qurilish obyektlari va shahar hududlarini, shuningdek transport infratuzilmasini muhandislik ta’minoti va jihozlashni; qurilish uchun muhandislik-qidiruv ishlarini olib borishni; qurilish hamda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mashinalar, uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni; ilmiy tadqiqotlar va ta’lim faoliyatini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.