Dastur haqida
Talabalar strategik, operatsion va moliyaviy menejment, marketing, xodimlarni boshqarish, biznes-tahlil, loyihalarni boshqarish, iqtisodiyot hamda biznes faoliyatini huquqiy tartibga solish asoslarini o‘zlashtiradilar. O‘quv rejasidan biznes simulyatsiyalari, keyslar tahlili, loyiha ishlari hamda real sektor kompaniyalari, davlat hokimiyati organlari va notijorat tashkilotlaridagi amaliyotlar o‘rin olgan. Bitiruvchilar menejerlar, biznes-tahlilchilar, biznesni rivojlantirish va HR bo‘yicha mutaxassislar, bo‘lim rahbarlari sifatida faoliyat yuritadilar yoki magistraturada o‘qishni davom ettiradilar.










