Dastur haqida
Dastur musiqashunoslar, musiqa muharrirlari, pedagoglar, musiqa media industriyasi hamda madaniy-ma’rifiy faoliyat sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘quv rejasiga musiqa tarixi, musiqiy shakl, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlili, musiqiy etnografiya, musiqa tanqidi va jurnalistikasi asoslari kiradi. Talabalar raqamli musiqa texnologiyalari bilan ishlash, konsert dasturlarini tayyorlash, ma’rifiy loyihalarni yuritish hamda madaniyat sohasida menejment asoslarini o‘zlashtiradilar. Amaliyotlar konsert tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, madaniyat va ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Bitiruvchilar musiqashunos, o‘qituvchi, musiqa muharriri va loyiha kuratori bo‘lib ishlaydilar.










