Dastur haqida
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilariga qurilish, avtomobilsozlik, temiryo‘l va aviatsiya sanoatida talab yuqori. Ular nafaqat ishlab chiqarish korxonalarida, balki ilmiy laboratoriyalar hamda loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarida ham ishlashlari mumkin. Ta’lim jarayonida talabalar robototexnika, kompyuter injiniringi, mexanizmlarning dinamik hisob-kitoblari, mexanik tizimlar uzellarini avtomatlashtirilgan loyihalash va konstruksiyalash asoslarini, mashinasozlikda kompozit materiallardan foydalanish, muhandislik tahlili, texnik diagnostika va buzmasdan nazorat qilish usullarini o‘rganadilar.






