Dastur haqida
(O‘rmonlarni qayta tiklash va ulardan foydalanish)
Mazkur yo‘nalish doirasida tabiiy, texnogen va urbanizatsiyalashgan landshaftlarda o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoyalash va qayta tiklashni rejalashtirish hamda amalga oshirish, ulardan foydalanish, holatini monitoring qilish, inventarizatsiya va kadastr hisobini yuritish; o‘rmonlardan ko‘p maqsadli, oqilona, uzluksiz va tugamaydigan foydalanishni ta’minlash uchun o‘rmonlarni boshqarish; davlat o‘rmon nazorati va kuzatuvini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.












