Dastur haqida
(Bojxona ishida tovarlarni nazorat qilish va ekspertizadan o‘tkazish)
Mazkur ta’lim yo‘nalishi quyidagi sohalarda chuqur bilim va kompetensiyalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi: bojxona ishining huquqiy asoslari, tovarlar ekspertizasi, bojxona tartib-taomillarini hujjatlashtirish va rasmiylashtirish, jumladan deklaratsiyalar, muvofiqlik sertifikatlari va boshqa hujjatlarni o‘z ichiga olgan bojxona rasmiyatchiliklaridan o‘tish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash. Import va eksport qilinadigan tovarlarning xavf-xatarlarini tahlil qilish hamda sifatini baholashning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo‘llash. Logistika jarayonlarini tashkil etish va optimallashtirish, ombor zaxiralarini boshqarish hamda yuklarni tashish ko‘nikmalari.












