Dastur haqida
(Suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi tizimlari)
Mazkur yo‘nalish doirasida talabalar o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari davomida nazariy bilimlarni egallaydilar va ularni amaliyotda qo‘llaydilar. Ushbu amaliyotlar tabiatni obodonlashtirish va suvdan foydalanish obyektlarini loyihalash, qurish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan.












