Dastur haqida
(Gidroirrigatsiya tizimlarini qurish va ulardan foydalanish)
Mazkur ta’lim yo‘nalishi talabalarga gidrotexnika inshootlari va irrigatsiya tizimlarini loyihalash, qurish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq murakkab muhandislik masalalarini hal etish uchun zarur kompetensiyalarni egallash imkonini beradi. Dastur suvni muhofaza qilish tadbirlarini chuqur o‘rganishni hamda o‘zgaruvchan iqlim va zamonaviy ekologik muammolar sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashni istagan bakalavriat bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan.












