Dastur haqida
«Chorvachilikda bioinformatika» yo‘nalishidagi ushbu dastur chorvachilikda bioinformatika va genetik tahlil usullarini qo‘llash, genom ma’lumotlarini qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, genom seleksiyasi va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorlik xususiyatlarini prognoz qilishga oid yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan fanlarni o‘z ichiga oladi. Dasturdan ko‘zlangan maqsad — genetik ma’lumotlarni tahlil qilishda bioinformatik usullarni qo‘llay oladigan, seleksiya ishlarida raqamli texnologiyalardan foydalanadigan, shuningdek hayvonlarning xo‘jalik uchun foydali belgilarini genom baholash va prognoz qilishning zamonaviy yondashuvlarini joriy eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.








