Dastur haqida
“Qayta tiklanuvchi qishloq xo‘jaligi va yemirilgan yerlarni tiklash” ixtisosligi bo‘lgan ushbu dastur tuproq unumdorligini tiklashga zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish, resurs tejovchi dehqonchilik texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek cho‘llanish va qishloq xo‘jaligi yerlarining yemirilishiga qarshi kurashish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fanlarni o‘z ichiga oladi. Dastur maqsadi — qayta tiklanuvchi qishloq xo‘jaligi tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishga, yemirilgan va eroziyaga uchragan tuproqlarni tiklash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashga, shuningdek agrar tarmoqlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir








