Dastur haqida
Magistratura dasturi kreativ industriyalar va san’at loyihalari sohasida boshqaruv hamda tadbirkorlikning dolzarb yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Dastur doirasida iqtisodiyot, tadbirkorlik va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari bo‘yicha fundamental bilimlar beriladi. Ta’lim davomida talabalar san’at va kreativ industriyalar sohalaridagi prodyuserlik loyihasini amalga oshirishning to‘liq sikli bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Magistrlar kreativ iqtisodiyot sohasida prodyuserlik loyihalarini tashkil etishlari, san’at va kreativ industriyalar agentliklari hamda tashkilotlarida ijrochi yoki kreativ prodyuser sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.












