Dastur haqida
Mazkur yo‘nalish profili bo‘yicha tayyorgarlik turli majmualar va mashinasozlik ishlab chiqarishlarining mashina hamda uskunalarini tadqiq etish, texnologik uskunalar, texnologik jihozlar, mashinasozlikdagi texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini, vakuum va kompressor mashinalarini, gidravlik mashinalarni, gidroyuritmalar hamda gidropnevmatik avtomatikani ishlab chiqish sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, ularni ishlab chiqish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini ta’minlash uchun texnologik tizimlarni axborot, metrologik, diagnostik va boshqaruv jihatdan ta’minlash vositalari ham o‘rganiladi.












