Dastur haqida
Robototexnika ko‘plab turdosh ilmiy-texnik yo‘nalishlarning o‘zaro hamkorligini ifodalaydi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash elektronika, mexanika, dasturiy ta’minot hamda boshqa qator fanlar bo‘yicha fundamental bilimlarni egallashni nazarda tutadi.
Robototexnik va mexatronik tizimlarni yaratish ijro etuvchi (robotlar mexanikasi va yuritmalari), sensor (datchiklar) hamda axborot-boshqaruv qismlarini, shuningdek, murakkab obyektlarning ishlashi uchun qaror qabul qilish vositalarini o‘z ichiga olgan murakkab texnik majmualarni ishlab chiqishni talab etadi.












