Dastur haqida
“Infokommunikatsiya texnologiyalari va aloqa tizimlari” magistratura dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarning kasbiy faoliyat sohasi simli, radio va optik tizimlar orqali axborotni masofadan almashish, shuningdek uni qayta ishlash va saqlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan inson faoliyatining texnologiyalari, vositalari, usullari va metodlari majmuini o‘z ichiga oladi.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Aloqa tizimlari va telekommunikatsiya bo‘yicha mutaxassislarga tajribasidan qat’i nazar, talab yuqori. Talabalar va yaqinda bitirganlar optik tolali aloqa kompaniyalari, telekommunikatsiya kompaniyalari va internet-provayderlar uchun qadrli xodimlardir. Bakalavriat bitiruvchilari montajchi, uskunalarni sozlash bo‘yicha mutaxassis va tester bo‘lib ishlaydi. «Infokommunikatsiya texnologiyalari va aloqa tizimlari» yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan tajribaliroq mutaxassislar ixtisoslashgan kompaniyalarda, shuningdek, yirik korporatsiyalarning IT bo‘limlarida yetakchi dasturchi, bo‘lim va departament rahbari lavozimlarida faoliyat yuritadi.