Dastur haqida
«Tadbirkorlik iqtisodiyoti» ta’lim dasturi o‘z biznesini muvaffaqiyatli va to‘liq mustaqil ravishda tashkil eta oladigan, startap loyihasini amalga oshira oladigan yoki kichik va o‘rta biznes kompaniyalarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlay oladigan, investitsion tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha iqtisodchi hamda biznes-konsultant sifatida ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Dastur doirasida egallanadigan kompetensiyalar guruh loyihalarini bajarish va real biznes keyslarini hal etish jarayonida shakllantiriladi. «Tadbirkorlik iqtisodiyoti» profilini «Iqtisodiyot» yo‘nalishi talabalari 2-kursda tanlaydilar.











