Dastur haqida
«Sanoat hayteki va urbanistika» ta’lim dasturi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish kompaniyalari va kompleks urbanistik loyihalarni boshqarishga qodir bo‘lgan zamonaviy boshqaruv mutaxassislarini tayyorlaydi. Dastur ilg‘or texnologiyalarni (Industry 4.0, AI, IoT) yangi mahsulot yaratish va shahar muhitini rivojlantirish jarayonlariga integratsiya qilishga yo‘naltirilgan. Dastur doirasida talabalar maxsus va loyiha fanlarini o‘rganadilar. O‘qish natijasida ular o‘zlarining professional portfoliolarini korporativ loyihalar hamda ish beruvchilarning fikr-mulohazalari bilan to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. «Menejment» ta’lim yo‘nalishi talabalari «Sanoat hayteki va urbanistika» profilini 2-kursda tanlaydilar.











