Dastur haqida
«Tijorat va elektron savdo» dasturi tijoratning samarali biznes modellarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot hamda xaridlar, ta’minot zanjirlari, mahsulot assortimenti va savdoni boshqarish bo‘yicha kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim davomida talabalar sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarining savdo faoliyatidagi tijorat, marketing, logistika, tovarshunoslik va boshqa biznes jarayonlarini loyihalash, tashkil etish hamda samaradorligini iqtisodiy jihatdan asoslash bo‘yicha bilim va kompetensiyalarni izchil egallaydilar.











