Dastur haqida
«Xalqaro biznes boshqaruvi / International Business Administration» ta’lim dasturi biznes va ilm-fan sohalarining yetakchilaridan biriga aylanish imkonini beradi. Dastur globallashuv va turli madaniyatlararo muhit sharoitida biznes jarayonlarini boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni biznes keyslar ustida ishlash, hamkorlikdagi muhokamalar, treninglar va loyihalarni o‘z ichiga oladi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.











