Dastur haqida
«Yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim dasturi iqtisodiyotning barcha sohalari uchun chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, jamoada ishlay oladigan, yetakchilik sifatlarini namoyon eta oladigan, loyihalarni boshqara oladigan va kasbiy qarorlar qabul qila oladigan yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Dasturining o‘ziga xos xususiyati an’anaviy yuridik fanlar bilan iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganishga qaratilgan noyob kurslarning uyg‘unlashuvidir.













