Dastur haqida
Dastur maqsadi — raqamli iqtisodiyot uchun axborot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish va moslashtirish sohasida tizimli tafakkurga hamda kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan, iqtisodiyot va moliya sohasida yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashdir. Talabalar zamonaviy axborot tizimlarini yaratish, biznesni avtomatlashtirish va raqamlashtirishga doir vazifalarni hal etishda «1С: Предприятие» platformasi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish va narsalar interneti uchun tillar hamda platformalarni o‘z ichiga olgan istiqbolli ishlab chiqish vositalaridan kompleks foydalanishni o‘rganadilar.













