Dastur haqida
"Iqtisodiyot va moliya" — Moliya fakultetining asosiy ko‘p tarmoqli dasturi bo‘lib, unda Moliya fakultetining eng yaxshi an’analari va yuz yildan ortiq tarixi hamda uning ilmiy-ta’lim maktablari mujassam etgan.
Talabalarni o‘qitishda iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarida, moliya bozori institutlarida (banklar va boshqa kredit tashkilotlari, investitsiya fondlari) moliyani tashkil etish va boshqarish bo‘yicha nazariya va amaliyotni yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ilmiy ishlar o‘quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi bo‘lib, moliya rivojlanishining turli sohalaridagi zamonaviy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi va talabalarga ilmiy nashrlar tayyorlash imkonini beradi.













