Dastur haqida
Agar siz kelajakda biznes-tahlil sohasida talabgir mutaxassis bo'lishni, tashkilotlarda tahliliy ishlarni bevosita boshqarishni, uning metodik ta'minlanishini amalga oshirishni va biznesni boshqarishda uning natijalaridan foydalanishni, iqtisodiy subyektlarning rivojlanish strategiyalarini va ularning biznes modellarini tahliliy asoslashni, biznes o'zgarishlarini boshqarishni, biznes jarayonlarini takomillashtirishni, innovatsion-investitsion loyihalarni tashabbus qilishni va ularni ishlab chiqishda ishtirok etishni, ularning amalga oshirilish samaradorligini baholashni, kompaniyalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanish sharoitlarini yaratishni istasangiz, "Biznes-tahlil" magistratura dasturi siz uchun.













