Dastur haqida
Profil biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va korxonani boshqarish uchun axborot tizimlarini yaratish va ularga xizmat ko‘rsatish, tizimli tahlil hamda biznes jarayonlari tahlili sohasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Dastur e’tibori korxona darajasida biznes jarayonlari va axborot tizimlarini integratsiya qilishga qaratilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilar IT kompaniyalarida, sanoat korxonalarining IT bo‘limlarida, moliyaviy-kredit muassasalarida, banklarning tahliliy bo‘linmalarida, sanoat va savdo tashkilotlarida ishlaydi. Mumkin bo‘lgan lavozimlar: iqtisodiyotda ma’lumotlar tahlilchisi, axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis, iqtisodiyot uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi, tizim tahlilchisi, biznes-jarayonlar tahlilchisi.