Dastur haqida
«Marketing va reklama» yo‘nalishi marketing va reklama sohasida zamonaviy nazariy bilimlarga ega, ularni korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash va uni bozorda ilgari surish bo‘yicha amaliy vazifalarni hal etishda qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
«Marketing» yo‘nalishi bitiruvchilari zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi turli tashkiliy-huquqiy shakldagi (tijorat, notijorat) tashkilotlarda ishlaydilar va quyidagi lavozimlarni egallaydilar: reklama va marketing bo‘yicha mutaxassis, marketing bo‘yicha mutaxassis, reklama bo‘yicha mutaxassis, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis, savdo va mijozlar bilan ishlash menejeri, ijtimoiy tarmoqlarda marketing (SMM) bo‘yicha mutaxassis, marketing kommunikatsiyalari menejeri, product-manager, brand-manager.