Dastur haqida
Dastur psixologiya va pedagogika sohasida keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
«Psixologik-pedagogik ta’lim» yo‘nalishida tahsil olgan bitiruvchilar ta’lim (umumiy, korreksion va inklyuziv), ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida ishlashlari mumkin. Bakalavrlar turli tip va ko‘rinishdagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarga psixologik-pedagogik hamda ijtimoiy hamrohlikni amalga oshirishlari mumkin. Bakalavrlar psixologik ko‘mak, kasbga yo‘naltirish va aholini ish bilan ta’minlash markazlarida ishlashlari mumkin. Ular ijtimoiy-psixologik treninglarni tashkil etishda ishtirok etishlari, psixologiya va pedagogika fanlaridan dars berishlari mumkin.











