Dastur haqida
Ijtimoiy tuzilma, ijtimoiy institutlar va jarayonlar — bu ijtimoiy hodisalarni shunchaki kuzatishni emas, balki jamiyat tuzilishini chuqur tahlil qilishni, ijtimoiy institutlar (oila, ta’lim, din, siyosat va iqtisodiyot) faoliyatining qonuniyatlarini aniqlashni hamda ijtimoiy jarayonlar dinamikasini tadqiq etishni istaganlar uchun mo‘ljallangan dasturdir. Siz ijtimoiy tuzilma va stratifikatsiyani (ijtimoiy tengsizlik, mobillik, sinfiy va status guruhlarini o‘rganish) sotsiologik tahlil qilishni, ijtimoiy institutlarning faoliyati va transformatsiyasini tadqiq etishni, zamonaviy miqdoriy va sifat tahlili usullaridan (so‘rovnomalar, intervyular, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, case-study) foydalanishni o‘rganasiz.













