Dastur haqida
Ushbu profil bo'yicha o'qitish jarayonida talabalar boshqaruv nazariyasi bilan tanishadilar, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi asosiy nazariy va amaliy bilimlar va ko'nikmalarni soha o'ziga xosligini hisobga olgan holda egallashadi. O'qitish jarayonida ishlab chiqarish menejmenti, mineral-xom ashyo va yoqilg'i-energetika kompleksi korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, shuningdek, dasturiy mahsulotlarda ishlash ko'nikmalarini egallash alohida o'rin tutadi.












