Dastur haqida
Psixologik-pedagogik ta’lim instituti professor-o‘qituvchilari quyidagi ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi: bola va guruhning individual-psixologik xususiyatlarini baholash va o‘lchash vositalarini tanlash hamda qo‘llash; psixologik diagnostika natijalari asosida psixologik xulosa tuzish; har bir yosh bosqichining vazifalarini hisobga olgan holda turli yosh guruhlari uchun korreksion-rivojlantiruvchi va trening dasturlarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish; ota-onalar, pedagoglar va bolalarga psixologik maslahat berish va uning yakunida psixologik-pedagogik tavsiyalarni shakllantirish; psixologik profilaktika va psixologik ma’rifat jarayonini tashkil etish.









